11:11 / 12.03.2016
2501

O‘zbekiston “Navoiazot” AJ va “Qizilqo‘m” AJning davlat ulushini sotuvga qo‘ydi

O‘zbekiston hukumati “Navoiazot” AJ va “Qizilqumsement” AJlarning davlat ulushini sotuvga qo‘ydi.

Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish Davlat qo‘mitasi matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, hukumat “Navoiazot” AJning 46 foiz aksiyasini (153 212 850) realizatsiya qilishni rejalashtirgan.

“Navoiazot” AJ aksiyalarning dastlabki narxi 1,32 AQSh dollari etib belgilangan. Aktsiya paketining boshlang‘ich bahosi esa 200,901 mln AQSh dollari qiymati etib tayinlangan.

“Qizilqo‘msement” AJning esa 35,9 foiz aksiyasi (160 658 567) realizatsiya qilish nazarda tutilgan.

“Qizilqo‘msement” AJ aksiyasining dastlabki narxi 1 dollar, aksiyalar paketining boshlang‘ich bahosi esa 160,328 mln AQSh dollari qiymati etib belgilangan.

Top