12:57 / 12.03.2016
1554

Peres va Zidan "Real"ning keyingi mavsumdagi tarkibi borasida kelisha olmayapti

“Real Madrid” bosh murabbiyi Zinedin Zidan hamda klub prezidenti Florentino Peres o‘rtasida jamoaning kelasi mavsumdagi tarkibi borasida kelishmovchilik paydo bo‘ldi.

Peres “Manchester Yunayted” darvozaboni David de Xeani sotib olish taklifini bergan bo‘lsa, Zidan esa jamoaning hozirgi asosiy darvozaboni Keylor Navasning o‘yinidan qoniqish bildirgan. Zidan tarkibda ikki yarim himoyachi – “Yuventus”dan Pol Pogba hamda “Chelsi”dan Eden Azarni ko‘rmoqchi ekanini bildirgan. Biroq Pogbaning agenti Mino Rayola “madridliklar” bilan yaxshi munosabatda emas. Azarni esa Peres barqaror o‘yinchi emas, deb biladi.

Shuningdek, Peres jamoaning hujum chizig‘iga “Borussiya Dortmund”dan Per-Emerik Obameyyangni sotib olmoqchi. Zidan esa jamoa tarbiyalanuvchisi bo‘lgan Borxa Mayoralga imkon berish kerak, deb hisoblamoqda.

Peres va Zidan faqatgina himoyachi masalasida bir xil fikr bildirishgan. Ular “Atletik Bilbao” markaziy himoyachisi Emerik Laportni sotib olish to‘g‘ri qaror deb baholashmoqda. 

Top