19:08 / 12.03.2016
1543

Samyuel Eto’O: "Real"da qora tanlilarni yoqtirishmagan"

“Real Madrid”ning sobiq futbolchisi Samyuel Eto’O “madridliklar” safida o‘tgan davri haqida fikr bildirdi.

“Men “Real” yoshlar jamoasida o‘ynab yurganimda 16 yoshda edim va meni hech kim, hattoki jamoadoshlarim ham hurmat qilmas edi. Aslida ko‘p gol ursam ham, ular menga mashg‘ulotlarda umuman shug‘ullanmaydigan insonga qaragandek qarashar edi.

Menga faqatgina Kapello hamda Galbyati ishonch bildirgan va aynan ular birinchi jamoada o‘ynashimga imkon berishgan. Ulardan doimo minnatdorman ular uchun hamma narsaga tayyorman.

Hozirgacha menga nisbatan nima uchun bunday munosabatda bo‘lishganini tushunmayman. Bunga yagona sabab – “Real”da qora tanlilarni yoqtirishmagan”, – dedi futbolchi.

 

Top