14:59 / 13.03.2016
1688

«Chelsi»: «Diyego Kosta Berrini tishlamaganini aytdi»

«Chelsi» jamoasining matbuot xizmati vakili Angliya Kubogining chorak finalida «Everton»dan uchralgan mag‘lubiyatli o‘yindan keyin (0:2) jamoa hujumchisi Diyego Kostaning raqiblar vakili Garet Berri bilan bahslashishidan keyin qizil kartochka olib maydondan chetlatilishi bo‘yicha munosabat bildirdi.

«O‘yindan keyin Diyego jamoa xodimlari bilan gaplashdi va o‘zining Berri bilan janjallashgani, shundan so‘ng o‘yindan chetlatilgani uchun afsusdaligini bildirdi.

Bundan tashqari, Diyego o‘sha vaziyatda Berrini tishlamaganiga ishonchi komilligini bildirdi», – deydi londonliklar jamoasi vakili.

Diyego Kosta o‘yin vaqtida «Everton» yarim himoyachisi Garet Barrini tishlab oldi

Top