19:19 / 13.03.2016
1332

Fransiya shifokorlarni parvoz oldidan uchuvchilarning salomatligi haqida hukumatga doklad qilishga chaqirdi

Fransiyada o‘tgan yilning martida Alp tog‘larida qulagan Germanwings samolyoti halokati bo‘yicha tekshiruvlar natijalari doklad qilindi va uchuvchi Andreas Lubits ongli ravishda aviahalokat sodir etgani tasdiqlandi. Bu haqda Associated Press xabar tarqatgan.

Bundan tashqari, Fransiya hukumati tibbiyot xodimlarini tegishli hollarda (parvozga chiquvchi uchuvchilarning sog‘ligi yo‘lovchilar hayotiga tahdid solar darajada yomon bo‘lganida) hukumatni ogohlantirishga chaqirdi.

Bundan oldinroq, Germanwings samolyoti uchuvchisining psixiatrga shikoyatlardan iborat xati e'lon qilingandi. Unga ko‘ra, aviahalokatdan avvalgi bir necha oy davomida Lyubits kamida 40 nafar shifokor huzurida bo‘lgan. Ularning ko‘pchiligi yigit psixologik xususiyatga esa muammoni boshidan kechirayotganini xulosa qilgan. Lekin shifokorlar shaxsiy sirlarni saqlash bo‘yicha Germaniya qonunchiligini buzishdan qo‘rqqan holda hukumatni ogohlantirmagan.

Eslatib o‘tamiz, 2015 yil 24 mart kuni Ispaniyaning Barselona shahridan Germaniyaning Dyusseldorf shahriga yo‘l olgan Germanwings aviakompaniyasining samolyoti Fransiya janubida halokatga uchragan edi. Oqibatda 150 kishi halok bo‘ldi. Tekshiruv vaqtida ikkinchi uchuvchi Andreas Lyubits samolyotni atayin qulatgani ma'lum bo‘ldi.

Top