20:11 / 13.03.2016
1442

«PSJ» «Trua»ni 9:0 hisobida yengib, muddatidan oldin Fransiya chempioniga aylandi

Bugun Fransiya chempionatida 30 tur o‘yinlari davom etdi. Parijning «PSJ» jamoasi «Trua» maydoniga safar qildi va 9:0 hisobida g‘alaba qozondi. Parallel kechgan uchrashuvda «Monako» «Reyms» bilan durang o‘ynadi va endi «PSJ»ga yeta olmasligi aniq bo‘ldi.

Bu g‘alaba parijliklarning mavsum yakuniga 8 tur qolganida, muddatidan oldin chempionlik masalasini hal qilishiga imkon berdi. Jamoa 30 turda 77 ochko to‘pladi. 30 o‘yindan 24tasida g‘alaba, 5tasida durang va faqat bittasida mag‘lubiyat qayd etilgan. To‘plar nisbati 62-15. Hozirda ikkinchi o‘rinda borayotgan «Monako» hisobida 52 ochko bor. Uchinchi o‘rindagi «Nitstsa» 47 ochko to‘plagan.

Bu Yevropa futboli uchun rekord daraja hisoblanadi (chempionlikni 8 tur oldin hal qilish).

Qayd etish kerakki, Loran Blan shogirdlari to‘rtinchi mavsum ketma-ket chempionlikka erishishdi.

Trua – PSJ 0:9 (0:3, 0:6)
Gollar: 0:1 – 13 Kavani, 0:2 – 17 Pastore, 0:3 – 19 Rabo, 0:4 – 46 Ibrohimovich, 0:5 – 52 Ibrohimovich, 0:6 – 55 Ibrohimovich, 0:7 – 58, avtogol Sone, 0:8 – 75 Kavani, 0:9 – 88 Ibrohimovich.
Trua – Dreyyer, Ngonga (Karabue, 64), Dabo (Arkyu, 46), Sone, Rinkon (Marsyal, 86), Kamyu, Tiago Shaver, Nive, Pi, Jan, Guyye.
PSJ – Trapp, Tiago Silva, Kurzava, van der Vil (Markinos, 46), David Luiz, Pastore, Stambuli, Rabo (Maksvell, 61), Di Mariya (Lukas, 61), Kavani, Ibrohimovich.
Ogohlantirish: Tiago Shaver (73).
Chetlatish: Karabue (74).

Top