12:13 / 14.03.2016
1754

Babayan Filippin va Bahraynga qarshi o‘yinlar uchun kengaytirilgan tarkibni ma'lum qildi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan Jahon chempionati 2018 ikkinchi saralash bosqichi doirasidagi so‘nggi ikki o‘yin uchun chaqirilgan futbolchilarning kengaytirilgan ro‘yxatini ma'lum qildi.

Ta'kidlash kerakki, O‘zbekiston milliy terma jamoasining Jahon chempionati 2018, ikkinchi saralash bosqichi doirasidagi so‘nggi ikki o‘yinni Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida o‘tkazadi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasining 24 mart kuni bo‘lib o‘tadigan Filippinga qarshi uchrashuvi ham, Bahraynga qarshi 29 mart kuni bo‘ladigan o‘yin ham 18:00da start oladi.

Eslatib o‘tamiz, so‘nggi ikki o‘yin oldidan O‘zbekiston terma jamoasi olti uchrashuv o‘tkazib, 15 ochko to‘plagan holda guruhda ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. Guruhda hozircha 7 uchrashuvda 16 ochko jamg‘argan KXDR terma jamoasi peshqadamlik qilmoqda.

O‘zbekiston milliy terma jamoasining Jahon chempionati 2018 ikkinchi saralash bosqichi doirasidagi Filippin va Bahraynga qarshi o‘yinlari uchun kengaytirilgan tarkibi:

Darvozabonlar: Aleksandr Lobanov (“Persepolis” – Eron), Ignatiy Nesterov (“Lokomotiv”), Eldor Suyunov (“Nasaf”)

Himoyachilar: Davron Xoshimov (“Paxtakor”), Anzur Ismoilov (“Chanchun Yatay” – Xitoy), Yegor Krimets (“Beyjin Goan” – Xitoy), Islom To‘xtaxo‘jayev (“Lokomotiv”), Kamoliddni Tojiyev (“Paxtakor”), Vitaliy Denisov (“Lokomotiv” – Rossiya), Oleg Zoteyev (“Lokomotiv”)

Yarim himoyachilar: Javohir Sohibov (“Paxtakor”), Odil Ahmedov (“Krasnodar” – Rossiya), Azizbek Haydarov (“Ash-Shabob” – BAA), Fozil Musayev (“Sepahon” – Eron), Sardor Rashidov (“Al-Jaish” – Qatar), Sanjar Tursunov (“Um-Salal” – Qatar), Stanislav Andreyev (“Paxtakor”), Otabek Shukurov (“Bunyodkor”), Server Jyeparov (“Lokomotiv”), Jasur Hasanov (“Lokomotiv”), Doston Hamdamov (“Bunyodkor”), Sanjar Shoahmedov (“Lokomotiv”), Eldor Shomurodov (Bunyodkor”), Sardor Mirzayev (“Lokomotiv”), Jaloliddin Masharipov (“Paxtakor”), Jamshid Iskanderov (“Paxtakor”)

Hujumchilar: Aleksandr Geynrix (“Ordabasi”), Igor Sergeyev (“Paxtakor”), Marat Bikmayev (“Lokomotiv”)

Manba: the-uff.com

Top