08:30 / 14.03.2016
1502

Bangkokda bank binosida kimyoviy moddalar sizishi oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi

Tailand poytaxti Bangkokda mamlakatning eng qadimgi banklaridan biri bo‘lgan Siam Commercial Bank binosida kimyoviy moddalar sizishi oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi, 15 kishi jarohat oldi. Bu haqda 14 martda Bangkokning "Eravan" shoshilinch tibbiyot markazi ma'lum qildi.

Noxush voqea 13 martda kechki payt yuz bergan.

Bank matbuot xizmati bergan ma'lumotlarga ko‘ra, bino yorto‘lasida ishlayotgan ishchilar kimyoviy vositalar bilan yong‘inni o‘chirish tizimiga shikast yetkazishgan. "OAVda ma'lum qilingandek, bino xududida portlash ham, yong‘in ham bo‘lmagan", deb aytilmoqda xabarda. 

Politsiya ushbu holat yuzasidan tergov olib bormoqda.

Top