20:03 / 14.03.2016
1598

Germaniya Ummon hamda Saudiya Arabistoniga qurol-yarog‘ eksport qilganini tasdiqladi

"Germaniya hukumati Yaqin Sharq mamlakatlariga bir necha bor qurol-yarog‘ yetkazib berganini tasdiqladi", deb xabar bergan Reuters.

Bu ma'lumot Saudiya Arabistoniga yetkazilgan 23 dona Airbus vertolyotiga taalluqli.
Bu haqda Germaniya moliya vazirligi maktubida aytib o‘tilgan.

Ma'lumotda keltirilishicha, Ummonga 660 ta pulemyot, 660 dona o‘qotar qurol va 550 dona avtomat yetkazib berilgan. BAAga esa 130 dona avtomatik vintovka va 65 ming qurol-yarog‘ yetkazib beriladi.

Top