00:06 / 14.03.2016
1466

Joze Mourino: ko‘p variantlarga ega edim, biroq iyulda ishlashni boshlamoqchiman

Ayni vaqtda ishsiz bo‘lgan portugaliyalik murabbiy Joze Mourino futbolga qaytishni yozgacha qoldirishini aytdi.

Mourino "Manchester Yunayted"ga borishi taxmin qilinmoqda. U dekabrda "Chelsi"dan yomon natijalar tufayli bo‘shatilgandi.

"Men yaxshi variantlarga ega bo‘lish uchun yetarlicha omadli bo‘ldim, chunki men "Chelsi"ni dekabrda tark etganman. Nafaqat variantlar, balki juda yaxshi variantlarga ega bo‘ldim, biroq o‘z burchagimda tinchgina kutib o‘tirishni afzal bildim. Ko‘p bo‘htonlarni o‘qib va eshitib tinchgina kutishni.

Haqiqat shundaki, men iyuldan normal ishlashni xohlayapman. O‘shanda mavsumoldi tayyorgarchiligi boshlanadi va men o‘shanda ishlashni boshlashni istayapman", deb Mourino aytgan so‘zlarni keltirib o‘tdi Goal.com nashri.

Top