21:20 / 14.03.2016
1694

Krasnodarda tomdan otilgan metall quvur bo‘lagi 7 oylik chaqaloqqa shikast yetkazdi

Rossiyaning Krasnodar shahrida tomdan otilgan metall quvur bo‘lagi 7 oylik chaqaloqqa shikast yetkazdi. Qizcha bosh-miya chanog‘i jarohati bilan shifoxonaga yetkazilgan, deb xabar bermoqda Krasnodar o‘lkasi tergov boshqarmasi matbuot xizmati.

“Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, 13 martda kechki payt ko‘p kvartirali uyning tomidan metall quvur bo‘lagi pastga uloqtirilgan, u yerga tushib sakrab ichida chaqaloq bo‘lgan bolalar aravachasiga tekkan. Oqibatda 7 oylik chaqaloq tana jarohatlari olgan, shu sababli u shifoxonaning jonlantirish bo‘limiga yetkazilgan”, deb aytilmoqda xabarda.

Taxmin qilinishicha, quvurni pastga tomda o‘ynab yurgan 5 bola uloqtirgan. Ushbu holat yuzasidan tekshiruv o‘tkazilmoqda. Tergovchilar shuningdek uyga xizmat ko‘rsatgan boshqaruv kompaniyasi harakatlariga ham baho bermoqchi.

Top