09:33 / 15.03.2016
2388

“Baron” filmi ijodkorlari O‘zbekiston bo‘ylab ijodiy uchrashuvlarga chiqdi

2016 yil Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida aholining keng qatlamlari orasida “O‘zbekkino” Milliy agentligi buyurtmasiga muvofiq suratga olingan “Baron” nomli badiiy filmning asosiy g‘oyasini targ‘ibot qilish maqsadida joylarda ijodkorlar bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi.

Kinoijodkorlar bilan bo‘ladigan ushbu uchrashuvlar 11 martdan boshlanib, 15 aprelga qadar davom etadi. Dastlabki uchrashuv 11—14 mart kunlari Farg‘ona, Namangan va Andijon viloyatlari kinomuxlislari bilan bo‘lib o‘tdi. Navbatdagi uchrashuvlar esa, 16—20 mart Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida, 24—28 mart kunlari Buxoro va Navoiy viloyatlarida, 01—05 aprel Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm va Samarqand viloyatlarida, 08—11 aperl Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida hamda 13—15 aprel kunlari Toshkent shahri va Toshkent viloyatida bo‘lib o‘tadi.

Top