17:12 / 15.03.2016
1448

Janubiy Koreya KXDR ballistik raketani atmosferaning zich qatlamiga qaytarish texnologiyasiga egaligini rad qildi

Janubiy Koreya Mudofaa vazirligi KXDRda ballistik raketani atmosferaning zich qatlamiga qaytarish texnologiyasi haqidagi xabarga ishonch bildirilmadi. Bu haqda Janubiy Koreya Mudofaa vazirligi vakili Mun San Gyunga asoslanib Reyter axborot agentligi xabar tarqatgan.

Bundan oldinroq, Koreya Markaziy telegraf agentligi KXDR rahbari Kim Chen In ko‘rsatmasiga binoan shimoliy koreyalik mutaxassislar qit'alararo ballistik raketa jangovar kallagi uchligi haroratga bardoshliligini sinovdan o‘tkazgani haqida xabar bergandi.

"Bu e'lon qilingan xabar KXDRning bir tomonlama bayonoti", degan Seuldagilar rasmiysi.

Top