14:40 / 15.03.2016
1666

Microsoft kompyuterlarga Windows 10 tizimini majburan o‘rnatmoqda

Windows 7 foydalanuvchilari o‘z dasturlari hech qanday ogohlantirishlarsiz Windows 10 ga yangilanayotganining guvohi bo‘lishmoqda. Bu haqda Reddit xabar bermoqda.

Yangilanish avtomatik tarzda yuklanmoqda va kompyuterga o‘rnatilmoqda. Ayrim foydalanuvchilarda bu jarayon 15 daqiqa ichida bo‘lib o‘tmoqda.

Yangilanish KB 3035583 kodi bilan amalga oshmoqda. Agar Windows 10 tizimi kerak bo‘lmasa, bu holatni kompyuterdagi avtoyangilanish funktsyasini o‘chirib qo‘yish orqali to‘xtatish mumkin bo‘ladi.

Top