11:04 / 15.03.2016
2080

Mishel Obama bilan ijtimoiy tarmoqlar haqida bo‘lgan intervyuda barcha smartfonlarning logotiplarini o‘chirib qo‘yishdi

14 mart kuni The Verge nashriyoti AQShning birinchi xonimi bilan bo‘lgan eksklyuziv intervyuni taqdim etdi. Oq uyda Mishel Obama va uning aloqalar bo‘yicha direktori Kerolin Adler ijtimoiy tarmoqlarni ishlatishga bo‘lgan munosabatlari haqida aytib berishdi, intervyu videosini esa nashriyot 360 darajali video formatida taqdim etdi.

Birinchi xonimning so‘zlariga ko‘ra, o‘spirinlar – bu shunday auditoriyaki, ular gazeta o‘qishmaydi, ertalabki xabarlarni kuzatishmaydi va hattoki AQSh prezidenti ma'muriyati nima bilan shug‘ullanishiga ham qiziqishmaydi. Hattoki, Barak Obamaning Zak Galifianakisning shousidagi chiqish qilmaguncha, uning qizlarini ham stol atrofida ovqat ustida siyosat haqida suhbatlari hayron qoldirishi qiyin edi.

“Biz kechki tushlik vaqtida suhbatlashib, ovqatlanayotgan edik. Barak Obama Putin bilan gaplashishi, yadro qurollanish shartnomalari haqida suhbatlashishi mumkin edi. Lekin u “Ha, aytgancha, men „Between Two Ferns” shousida suratga tushdim”, deyishi bilan suhbat shunday to‘xtadi va Maliya (katta 16 yoshli farzandi) “Nima?” dedi”, — deya so‘zlab berdi AQSh birinchi xonimi Mishel Obama.

Yosh auditoriyani tushunishning yagona yo‘li bu ularning tilida, ijtimoiy tarmoqlarni va mashhur mobil dasturlarnii ishlatish hisoblanadi. Misol uchun, Oq uy Vine saytida (436 mingdan ziyod obunachilar) o‘zining rasmiy blogiga ega va oyning oxirlarida Mishel ko‘pgina mashhur vayner bilan birga saytda paydo bo‘lgan.

Adlerning so‘zlariga ko‘ra, Oq uy byudjyeti cheklangan bir paytda ijtimoiy tarmoqlar auditoriyaga muhim xabarni yetkazish uchun qo‘l keladi.

“Bizga byudjyetimiz cheklangan bir paytda, imkoniyatlarni topish uchun juda ham uddaburon bo‘lishimizga to‘g‘ri keladi, bu esa startapga o‘xshab ketadi”, — deydi Kerolin Adler.

Intervyuga olingan barcha fotosuratlarda Mishel Obama qo‘lida ayfon (taxminan, iPhone 6 yoki 6s) ushlab turibdi, lekin uning logotipi o‘chirib qo‘yilgan. Uning xodimlari bilan kollektiv tushgan suratda ham ularning qo‘lidaga ayfonlarning ham logotiplari o‘chirilgan.

Yo‘qolgan logotiplar tasodif emas. Birinchi bosh suratda ikkita Samsung telefonidagi logotiplar esa qoldirilgan. Bu haqida The Verge nashriyotidan izohlarda so‘rashgan, lekin nashriyot bunga javob bermagan.

Top