09:43 / 15.03.2016
1395

Ukraina prezidenti matbuot xizmatida Saakashvilining bo‘shatilgani haqidagi ma'lumot inkor qilindi

Ukraina prezidenti matbuot kotibi Svyatoslav Tsegolko Mixail Saakashviliinng Odessa viloyati gubernatori lavozimidan ozod etilgani haqidagi ma'lmotni inkor qildi. Bu haqda u feysbukda ma'lum qildi.

“Prezident Mixail Saakashvili bilan Odessa viloyatini rivojlantirishning istiqbolli loyihalari haqida telefon suhbati o‘tkazdi. Odessa viloyati gubernatorining iste'foga jo‘natilishi haqidagi barcha xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi”, deb yozdi Tsegolko.

Avvalroq Mixail Saakashvilining maslahatchisi, Gruziyaniing Ukrainadagi sobiq bosh konsuli Teymuraz Nishnianidze Saakashvilining iste'foga jo‘natilishi haqidagi xabarni yolg‘on deb aytgandi.

14 martda OAVda Pyotr Poroshenko Saakashvilini iste'foga jo‘natish haqidagi farmonni imzolagani haqidagi xabarlar berilgandi.

Top