18:40 / 15.03.2016
1356

Venger agar muxlislarning noroziligi davom etsa, «Arsenal» bosh murabbiyligidan ketadi

«Arsenal» jamoasi bosh murabbiy Arsen Venger o‘z lavozimini tark etish haqida o‘ylamoqda. Bu haqda The Telegraph nashri xabar qilgan.

Xabarda yozilishicha, Venger londonliklar klubini boshqarishda davom etishni istaydi, ammo u muxlislarning jamoani qo‘llab-quvvatlashda davom etishini muhim hisoblaydi.

Venger agar muxlislar uni qo‘llab-quvvatlashini his qilmasa, iste'foga chiqishini aytgan.

Fransiyalik ushbu mutaxassisning amaldagi shartnomasi 2017 yilning yoziga qadar tuzilgan va u bu shartnomani oxirigacha o‘tashi va keyin ketishi aytilmoqda.

Ayni vaqtda londonliklar jamoasi 30 tur o‘yinlaridan keyin turnir jadvali peshqadami "Lester"dan 11 ochko ortda qolgan holda uchinchi o‘rinda bormoqda. Lekin "Arsenal" "Lester"dan bitta kam o‘yin o‘tkazgan.

Venger bir jamoada uzoq vaqt davomida ishlayotgan birinchi raqamli murabbiyga aylandi

Arsen Venger: «Agar men munosib bo‘lmaganimda, «Arsenal» rahbariyati meni 19 yil ushlab turmas edi»

Arsen Venger: «Muxlislar sovringa to‘yishmaydi»

Aaron Remzi: «Arsenal» muxlislari Vengerning iste'fosi so‘ralgan banner ko‘tarishganidan shokka tushdim»

Top