17:42 / 16.03.2016
2175

AQShda shoir Sergey Yeseninning o‘g‘li vafot etdi

AQShda rossiyalik taniqli shoir Sergey Yeseninning o‘g‘li bo‘lgan, dissident, shoir, inson huquqlarini himoya qilish harakati faoli, faylasuv va matematik Aleksandr Yesenin-Volpin 91 yoshida olamdan o‘tdi. Bu haqda uning do‘stlariga asoslangan holda "Interfaks" xabar tarqatgan.

Yesenin-Volpin 1965 yilda Sobiq Ittifoq hududida o‘tkazilgan "Oshkoralik mitingi" tashkilotchilaridan biri bo‘lgandi.

U 1924 yilning 12 mayida hozirgi Sankt-Peterburgda (o‘sha vaqtda Leningrad) tug‘ilgan. Uning onasi shoira va tarjimon Nadejda Volpin. Nadejda Volpin va Sergey Yesenin o‘rtasida bir necha muddat ishqiy munosabatlar bo‘lgan va ulardan shu farzand dunyoga kelgan. 1933 yilda u onasi bilan Moskvaga ko‘chadi va keyinroq shu shahardagi Moskva davlat universitetining mexanika-matematika fakultetini tamomlaydi. Keyin Chernovtsda ish faoliyatini davom ettiradi.

U 1949 yilda aksilsovet ruhida yozilgan she'rlari uchun ilk marta psixiatriya klinikasiga yoqtiziladi. Keyin uni Kaliningradga ko‘chirishadi. 1953 yilda u amnistiya qilingan, 5 yil o‘tib shoir Yeseninning o‘g‘lini yana bir bor ruhiy kasalliklar shifoxonasiga yotqizishgan.

1965 yilgi sudlarning oshkoraligi talab qilib chiqilgan mitingda u va sheriklari Andrey Sinyavsk va Yuliya Daniel ustidan sud jarayoni oshkoraligi talab qilingandi.

1968 yilda Yesenin-Volpin yana bir marta ruhiy kasalliklar shifoxonasiga yotqiziladi. 1973 yilda u yerdan chiqarilib, AQShga jo‘natib yuboriladi. 1989 yildan keyin kichik Yesenin tez-tez Rossiyaga kelib turgan.

Top