14:26 / 16.03.2016
1727

Bolalar «Barselona» bazasiga yashirincha kirishib, jamoa a'zolari bilan mashg‘ulot o‘tkazishdi

YeChL 1/8 final javob uchrashuviga tayyorgarlik ko‘rayotgan Kataloniyaning«Barselona» klubi mashg‘ulotida bir guruh bolalar paydo bo‘ldi. Chempionlar ligasining tvitterdagi rasmiy akkauntida yozilishicha, bolakaylarni klub futbolchilari yaxshi kutib olishgan.

Messi va uning jamoadoshlari bolalarni maydon tashqarisiga chiqarib yuborish o‘rniga, ularni o‘zlari bilan birga mashg‘ulot o‘tkazish uchun taklif qilgan Shu tariqa bolakaylar YeChLning amaldagi g‘olibi hisoblangan klub a'zolari bilan o‘ziga xos kichik mashg‘ulot o‘tkazdi.

Kutilmagan holatdan hayratlangan futbolchilar ular bilan rasmga tushishga ham ulgurdi. Mashg‘ulotlar so‘nggida futbolchilar bolalarning iltimosini rad etmay, ularning futbolkalariga dastxat ham qo‘yib berishdi.

Top