15:30 / 16.03.2016
1548

Diyego Simeone: «Biz penaltilar seriyasiga tayyorlanmagandik»

Ispaniyaning «Atletiko» klubi bosh murabbiyi Diyego Simeone jamoasining YeChL 1/4 finaliga yo‘llanma olishiga sabab bo‘lgan PSVga qarshi o‘yini (0:0, penalti bo‘yicha 8:7) borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

«Chorak finalga chiqqanimizdan juda xursandmiz. Biz Yevropaning eng kuchli sakkiz jamoasi orasida ekanimizni yaxshi his qilib turibmiz va bu bilan to‘xtab qolmoqchi emasmiz.

Uchrashuvni 4–3–3 taktik chizmasi orqali yutishga harakat qildik. O‘yindan keyingi penaltilar seriyasi uchun hech qanday mashg‘ulot olib bormagandik. Bundan hech qanday ma'no ko‘rmagandim. Penaltichilarni yordamchim xuddi o‘tgan yili «Bayyer»ga qarshi bo‘lgani kabi Xerman Burgos tanladi. Uni bu g‘alaba bilan tabriklash kerak. Bunday qarorni qabul qilishning o‘zi bo‘lmaydi. Bu xuddi shaxmat partiyasiga o‘xshaydi», — dedi Simeone.

Top