10:12 / 16.03.2016
1506

Gaiti hukumati vabo tufayli 96 o‘lim holati kuzatilganini qayd etdi

Joriy yilning ikki oyi davomida Gaitida vabo tufayli 96 o‘lim holati kuzatildi. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash va aholi ishlari bo‘yicha vazirligi ma'lum qilgan.

O‘tgan yilning aynan shu davrida 69 bemor vabodan vafot etgan edi. Ammo shunga qaramay, Artibonito departamentining qishloq joylarida 2010 yilning oktabr oyiga nisbatan o‘lim holati kamayishi kuzatilgan. 2013 yilning mart oyiga kelib vabodan halok bo‘lganlar soni sakkiz ming kishiga yetgan edi. O‘shanda butun mamlakat bo‘ylab 650 ming nafar kishi ushbu dard bilan og‘rigan edi.

Hukumat mamlakatda vaboning tarqalishiga Nepaldan kirib kelgan “ko‘k zarba” vabosi sabab bo‘lganini aytmoqda. Epedimiya tarqalishidan to bugungi kunga qadar BMT unga aloqadorligini inkor etib kelmoqda. Joriy yilning yanvar oyida esa AQSh sudi zararlarni qoplash masalasidagi ayblovni qabul qilmadi.

Top