14:07 / 16.03.2016
2012

Google’ning yangi kampusi: futuristik arxitektura va tabiat bilan uyg‘unlashuv

Google kompaniyasi AQShning Kaliforniya shtatidagi Mauntin-Vyu shahri hukumatini yangi kampus barpo etish bo‘yicha arizani ko‘rib chiqishga chorladi. 2 qavatli Charleston East binosi 55 ming kvadrat metrga yaqin maydonni o‘z ichiga olishi rejalashtirilgan. Kampus internet-qidiruv (Googleplex) kompaniyasining ayni damdagi bosh idorasiga yaqin bo‘lgan yerda quriladi.

Google o‘tgan yili Mauntin-Vyu hukumatini yangi kampus yaratish rejasi bilan tanishtirgan edi, bu haftada esa loyihaga bir necha o‘zgartirish va tuzatishlar kiritdi.
Kompaniya yashil o‘simliklardan ajralmaydigandek tuyuluvchi ulkan shishali uylar yaratganini fotorealistik 3D-renderlarda ko‘rish mumkin.

Shtab-kvartira odatdagi idoraga nisbatan ko‘proq kemping uchun joyni eslatishi uchun shaffof inshootlar o‘rnini chodir ko‘rinishidagi binolar egalladi.

Restoranlar, fitnes-hudud, ko‘plab ayvonchalar va katta ochiq maydonlarni ko‘rib, Google xodimlarni o‘zlarining ko‘p vaqtlarini yopiq muassasalarda emas, balki ochiq tabiat qo‘ynida o‘tkazishlarini istayotganini sezish mumkin

Top