14:28 / 16.03.2016
3517

McLaren kompaniyasi 570S superkarining poyga versiyasini namoyish qildi

McLaren kompaniyasi 570S superkarining poygaga mo‘ljallangan versiyasining fotosuratlarini chop etdi. Xalqaro avtomobil uyushmasining GT4 toifasi standartlariga muvofiq tayyorlangan kupe “ishlab chiqarilishining yakuniy bosqichida turibdi”.

Superkar 570S’ning oddiy yo‘llar uchun mo‘ljallangan modeli kabi MonoCell II karbon monokokki negizida qurilgan. Yangi superkar qayta ishlangan aerodinamik osma detallar, jumladan o‘zgacha old splitter va katta orqa aksqanot olgan.

Kupe xavfsizlik karkasi, yong‘in o‘chirish tizimi va magniy qotishmasidan tayyorlangan g‘ildirak disklari bilan jihozlandi.

McLaren 570S GT4 shuningdek 3,8 litrli, 8 silindrli tvin-turbo dvigatel bilan jihozlandi, u standart kupeda 570 ot kuchi va 600 Nm aylantirish lahzasi beradi. Kupe 0 dan 100 km/soat tezlikka 3,2 soniyada erishadi, uning maksimal tezligi esa soatiga 328 km ni tashkil qiladi.

Poyga kupesi narxi 159 ming 900 funt sterlingdan (226,4 ming dollar) boshlanadi. Ilk bunday superkarlar 2017 yildan mijozlarga yetkazila boshlanadi.

2016 yil davomida esa britaniyalik avtomobilsozlar superkarni British GT britan chempionati doirasida sinovlardan o‘tkazadilar. Bu chempionatning 9 ta ilk poygasi “Brends-Xetch” trassasida aprelda o‘tkaziladi.

Top