19:26 / 16.03.2016
1239

Obama Putinni Savchenkoni ozod qilishga chaqirdi

AQSh prezidenti Barak Obama Rossiya prezidenti Vladimir Putinni ukrainalik ayol uchuvchi Nadejda Savchenkoni ozod qilishga chaqirdi. Bu haqda AQShning Moskvadagi elchixonasi matbuot kotibi Uill Stivensga iqtibos keltirgan holda “Interfaks” axborot agentligi ma'lum qildi.

Uning aytishicha, bu masala 14 martda ikki prezident o‘rtasida bo‘lib o‘tgan telefon suhbatida muhokama qilingan.

“AQSh prezidenti Barak Obama o‘zining rossiyalik hamkasbi Vladimir Putinni qo‘lga olingan uchuvchi va parlament a'zosi Savchenkoni Minsk kelishuvlarining barcha noqonuniy ushlab turilgan shaxslarni ozod qilish qoidasiga ko‘ra ozod etishga chaqirdi”, deb aytdi Stivens.

Avvalroq ukrainalik deputatlar Angela Merkel va Xillari Klintondan Savchenkoni ozod qilishda ko‘mak berishlarini so‘rashgani ma'lum qilingandi.

Top