12:38 / 16.03.2016
1603

Sirdaryodagi jinoiy to‘da faoliyatiga chek qo‘yildi

Sirdaryo viloyatining Xovos tumanida yashovchi muqaddam sudlangan Shoxruh Avazov va Otabek Yusupov (ism-shariflar o‘zgartirilgan) jinoyat ortidan pul topishni niyat qilishadi. Bu haqda “Postda” nashri yozmoqda.

Jizzax viloyatining Paxtakor tumaniga kelishib, shu yerdan o‘tuvchi “Toshkent—Termiz” yo‘lining Termiz yo‘nalishi bo‘ylab, harakatlanib kelayotgan buxorolik Ne'mat Keldiyorov boshqaruvidagi “ISUZU” rusumli yuk mashinasining orqa tomoniga mototsiklda kelib, avtomashina eshigiga osilgan qulfni buzgan holda, uning yukxonasidagi 16 million so‘mlik dori-darmon vositasini o‘g‘irlashadi.

Keyingi safar ular safiga muqaddam sudlangan Shamsiddin To‘xtayev ham qo‘shiladi. Bu safar jinoiy to‘da Toshkent yo‘nalish bo‘yicha navoiylik fuqaro Javlon Zohidov boshqarib kelayotgan “ISUZU” yuk mashinasi bo‘ldi. 16 million 487 ming so‘mlik dori-darmon vositasi o‘g‘irlandi.

Uchinchi safar esa ular IIB xodimlarining tezkor harakatlari tufayli qo‘lga olinib, ularning “faoliyati”iga yakun yasaldi.

Top