20:06 / 17.03.2016
2036

26 mart kuni Toshkent viloyatida Oliy Majlis Senatining bo‘shab qolgan o‘riniga saylov o‘tkaziladi

2016 yil 26 mart kuni soat 10-00da Toshkent viloyati Chirchiq shahri “Kimyogarlar” madaniyat saroyi binosida Toshkent viloyati davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tadi. Bu bo‘yicha 16 mart kuni bo‘lib o‘tgan Markaziy saylov komissiyasining majlisida qaror qabul qilingan.

Majlisda O‘zbekiston "Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida”gi Qonuni 61-moddasi va “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risida”gi Qonuni 5-moddasiga muvofiq bo‘shab qolgan o‘ringa O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining a'zosi saylovini o‘tkazish bo‘yicha Toshkent viloyati davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining qo‘shma majlisini 2016 yil 26 mart kuni soat 10-00da Toshkent viloyati Chirchiq shahri “Kimyogarlar” madaniyat saroyi binosida o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilindi", deyiladi Markaziy saylov komissiyasi matbuot xizmati xabarida.

Top