19:02 / 17.03.2016
1503

91 yoshli ayol o‘ttiz yildan so‘ng doktorlik unvonini qo‘lga kiritdi

91 yoshli Kolet Burliyer Fransiyadagi doktorlik unvonini olgan eng yoshi katta talaba bo‘ldi. Unvon unga 30 yil avval boshlagan ilmiy ishini tugatganidan so‘ng berildi.

Burliyer o‘z ilmiy ishini seshanba kuni Bezanson shahrida joylashgan Fransh-Konte universitetida himoya qildi va buning uchun “yuqori daraja” unvonini qo‘lga kiritdi.

“Bu ilmiy ish ozgina cho‘zilib qoldi, chunki men qo‘pgina tanaffuslar olgan edim”, deb aytib berdi. Ilmiy ish “Bezanson shahrida 20 asrning ikkinchi yarmida mehnat qilgan ishchi-muhojirlar”ga bag‘ishlangan edi.

Burliyer tadqiqotni Bezanson shahrida muhojirlar uchun savodxonlik dasturlarida o‘qituvchi bo‘lib ishlash davomida orttirgan tajribalaridan foydalanib amalga oshirgan.

Top