14:52 / 17.03.2016
1222

Italiya YeChLning keyingi mavsumida 4 jamoa bilan qatnashish imkonini qo‘lga kirita olmadi

Italiya UYeFA chempionatlar koeffitsiyentida kuchli uchlikka kirish imkoniyatini boy berdi va kelgusi mavsumlarda Chempionlar ligasida to‘rtta jamoa bilan ishtirok etish huquqidan mahrum bo‘ldi.

Turinning «Yuventus» klubi YeChLni tark etgach Italiyadan faqatgina «Latsio» yevrokuboklarda ishtirokini davom ettirmoqda. Agar rimliklar Yevropa ligasida g‘alaba qozongan taqdirda mamlakat uchun maksimum 2,5 ballni qo‘lga kiritadi. Natijada Angliya bilan orada mavjud bo‘lgan 3,97 ballik farq italiyaliklarni 4-o‘rinda qolishga majbur qildi.

Eslatib o‘tamiz, Angliyadan yevrokuboklarda «Manchester Siti» YeChLda, «Manchester Yunayted» yoki «Liverpul», shuningdek, agar «Borussiya» Dortmunddan o‘tgan taqdirda «Tottenhem» Yevropa Ligasida kurashni davom ettirishi mumkin bo‘ladi.

Top