12:01 / 17.03.2016
1731

Koreya Respublikasi elchisi O‘zbekistonda faxriy doktorlik unvoniga erishdi

Koreya Respublikasining Toshkentdagi favqulodda va muxtor elchisi Li Uk Xyon jahon iqtisodiyoti va diplomatiya Universiteti (JIDU)ning faxriy doktorlik unvoniga erishdi.

Unvonni topshirish marosimi chog‘ida Elchining mamlakatlarimiz aro strategik hamkorlik munosabatlarini rag‘batlantirish va turli yo‘nalishlardagi keng hamkorlik aloqalarini rivojlantirishning faol tarafdorlaridan biri ekanligi aytildi, deb xabar beradi UzDaily.uz
Elchi Li Uk Xyonning O‘zbekistondagi diplomatik missiyasi yaqinda o‘z nihoyasiga yetadi.

“Bugungi marosim men uchun katta ahamiyatga ega. JIDU oilasining bir bo‘lagi ekanimdan va O‘zbekiston rahbariyati menga shunday ajoyib sovg‘a – universitetning Faxriy doktori unvonini taqdim etganidan chuqur faxr va iftixor tuyg‘ularini his etyapman. Bu ikki tomonlama munosabatlarning yuqori darajada ekaniga yana bir dalildir”, - munosabatini bildirdi elchi.

Top