15:10 / 17.03.2016
1505

Luis Enrike: «Yarim finalda raqib bo‘lishni istamagan yagona jamoam bu «Barselona»

Kataloniyaning «Barselona» klubi bosh murabbiyi Luis Enrike jamoa ikki o‘yin natijasiga ko‘ra «Arsenal»ni yengib, (3:1, 2:0) YeChL 1/4 final yo‘llanmasini qo‘lga kiritib bo‘lgach, bo‘lajak raqib jamoa borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

«Har qanday qur'a natijasidan ko‘nglim to‘lishi tayin. Bu bosqichda raqib bo‘lishni istamagan yagona jamoam bu «Barselona». Baxtimizga bu jamoaga qarshi o‘ynamaymiz», deya hazil aralash javob qaytargan Enrike.

Eslatib o‘tamiz, YeChL chorak finaliga qur'a tashlash marosimi 18 mart kuni Toshkent vaqti bilan soat 16:00da bo‘lib o‘tadi.

Top