16:27 / 17.03.2016
1490

Olimlar Trampning so‘z boyligini 7-sinf o‘quvchisiniki bilan tenglashtirishdi

Yaqinda amerikalik olimlar Tramp va uning raqiblari nutqlarini tahrir qildilar.

Tadqiqotchilar bitta matnda qo‘llangan grammatik qurilmalardan foydalanish takroriyligini va Amerika umumta'lim maktablarining qaysi sinfga muvofiqligini o‘rganib chiqdilar, deb xabar beradi Huffington Post.

Ekspertlar Respublikachilar partiyasidan AQSh prezidentligiga da'vogarlik qilayotgan Donald Trampning so‘z boyligi yettinchi sinf o‘quvchisiniki bilan teng, deb ma'lum qilishdi.

Tajriba natijalariga ko‘ra, Trampning savodxonligi yettinchi sinf darajasida. Respublikachi Ted Kruz va sobiq bosh vazir Hillari Klinton esa undan bir sinf yuqorida ekanlar.

Nomzodlar ichida eng bilimlisi demokrat Berni Sanders bo‘lib chiqdi. Olimlar uni o‘ninchi sinfga loyiq ko‘rishdi.

Top