14:07 / 17.03.2016
1548

Qozog‘istonda ro‘y bergan YTH natijasida ikki o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

“Qaraganda-Aksu-Ayuli” avtoyo‘lida sodir bo‘lgan yo‘l transporti natijasida O‘zbekistonning ikki nafar fuqarosi halok bo‘ldi. Voqea yuzasidan surishtiruv ishlari boshlab yuborilgan. Bu haqda “NewTimes.kz” axborot agentligi xabar bermoqda.

16 mart kuni Spassk qishlog‘idan besh kilometr uzoqlikda “VAZ-2115” mashinasini boshqarib ketayotgan Qirg‘iziston fuqarosi yo‘lning qarama-qarshi tomoniga chiqib ketadi va ro‘paradan kelayotgan DAF rusumli yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketadi. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, haydovchi yo‘llarni muzlagani tufayli boshqaruvni yo‘qotgan.

“Yuz bergan YTH natijasida “VAZ-2115” avtomashinasi haydovchisi va ikki nafar 57 yashar O‘zbekiston fuqarosi voqea joyida halok bo‘lgan”, – deyiladi berilgan ma'lumotda.

Top