19:01 / 17.03.2016
1272

Slutskiy RFI bilan Yevro-2016 turniri oxirigacha bitim tuzdi

TsSKA jamoasi bosh murabbiy Leonid Slutskiy Rossiya futbol ittifoqi bilan milliy terma jamoani 2016 yilgi Yevropa chempionati oxirigacha boshqarish bo‘yicha shartnoma tuzgan. Bu haqda "Sport-Ekspress" xabar tarqatgan.

Kelishuvga ko‘ra, unga terma jamoaning rasmiy va o‘rtoqlik uchrashuvlarida qayd etadigan natijalari uchun beriladigan mukofot pullari miqdori belgilangan.

Slutskiy 2015 yilning avgustida Fabio Kapelloning o‘rniga terma jamoaga vaqtincha bosh murabbiy sifatida tayinlangandi. Uning boshchiligida Rossiya Yevropa chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Rossiyaliklar Fransiya maydonlarida o‘tkaziladigan musobaqada Angliya, Slovakiya va Uels terma jamoalari bilan bir guruhdan o‘rin olishgan.

Top