00:39 / 17.03.2016
1521

Xitoylik mashinasida avtosalonni vayronaga aylantirdi

Pekinda mashina sotib olgan darg‘azab xaridor mashinada katta tezlikda kelib avtosalonning peshoynasini buzib kirgan va avtosalon ichidagi barcha narsani vayron qila boshlagan.

Keyinroq erkak unga sotib olgan mashinasi sifati yoqmagani va u avtosalon ustidan sudga shikoyat arizasini topshirganini aytgan. Biroq erkak salon xodimlari uning rafiqasiga tahdid qila boshlashgandan keyin o‘z arizasini qaytib olgan.

Erkak shu tariqa avtosalondan alamini olishga qaror qilgan.

Ma'lum qilinishicha, voqea oqibatida hech kim jabrlanmagan, biroq politsiya ushbu voqeani tergov qilishni boshlagan.

Top