20:05 / 18.03.2016
1679

“Janjal” serialida Donald Trampga o‘xshaydigan qahramon paydo bo‘ldi

“Janjal” siyosat haqidagi serialda amerikalik milliarder va Respublikachilar partiyasidan AQSh prezidentligiga davogar Donald Trampga o‘xshaydigan qahramon paydo bo‘ldi. Bu haqida The Hollywood Reporter xabar berdi.

“Janjal” seriali AVS telekanalida efirga uzatiladi. U jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha mutaxassisning yuqori martabali mijozlarga yordam berishi haqidagi voqelarni aks ettiradi. Bosh rolni Kerri Vashington ijro etadi.

Epizodlarning birida AQSh prezidentligi uchun davogar respublikachi-milliarder va texaslik neft magnati Xollis Doyl degan qahramon paydo bo‘ladi. Uning rolini Gregg Genri ijro etgan.

Genri o‘z qahramonini Trampga qilingan eng zo‘r taqlid deb nomladi, chunki uning qahramonida ham “milliardlar va noo‘rin nutqlar” mavjud edi.

Top