16:37 / 18.03.2016
2424

Daraxtdan yasalgan qo‘lbola kompyuter

Elektronika dunyosi – bu muxlislar uchun nihoyatda hayajonli maydon, biroq ishni chuqurroq o‘rganish jarayoni bolalar uchun zerikarli va yetarlicha ko‘ngilochar bo‘lmasligi mumkin. Piper Raspberry Pi Computer Kit tuzilishi mazkur jarayon yanada qiziqarli va bilimga yetaklovchi bo‘lishi uchun Minecraft o‘yinining tahrirlangan versiyasi bilan maxsus yaratilgan. Shuning bilan birga u ota-onalar ishlatadigan texnikaga havf solmaslikni ta'minlaydi (hech bo‘lmaganda dastlabki davrlarda). Ko‘rsatmalarga amal qilgan holda, yosh mutaxassis o‘zining shaxsiy kompyuterini to‘plam ichidagi komponentlar yordamida yig‘ishi kerak bo‘ladi. O‘yin bosqichlariga o‘tish uchun keltirilgan ketma-ketlikda qo‘llaniluvchi elektron qismlarga ulanish lozim. Shu tarzda, bolalar kompyuterning ichki tuzilishini tushunarli holatda o‘rganishga muvaffaq bo‘lishadi.

Piper Raspberry Pi Computer Kit - o‘zida quti ko‘rinishidagi daraxtli korpusga ega soddalashtirilgan noutbukdir. To‘plam ichiga bir platalik Raspberry Pi 2 Project Board, JK-displey, litiy batareyasi, harakat datchiklari, dinamika, LED-chiroqlari, o‘tkazguvchi kalitlar, tugmalar va boshqa zarur birlashtiruvchi elementlar kiradi. Stoimost Piper Raspberry Pi Computer Kit narhi 239 dollarni tashkil etadi.

Top