17:18 / 18.03.2016
1322

Yevropa ligasining chorak finalida «Liverpul» «Borussiya» bilan o‘ynaydigan bo‘ldi

Bugun, 18 mart kuni UYeFAning Non shahridagi qarorgohida Yevropa Ligasining 1/4 finaliga qur'a tashlash marosimi o‘tkazildi.

Unga ko‘ra «Liverpul» va «Borussiya» bilan o‘ynaydigan bo‘ldi. Ya'ni mersisaydliklarning amaldagi bosh murabbiyi Yurgen Klopp o‘zining sobiq jamoasiga qarshi.

Ispaniyaning ikki jamoasi ushbu bosqichda ham o‘zaro to‘qnash keladigan bo‘ldi. O‘tgan bosqichda «Valensiya»ni qoldirib ketgan «Atletik» bu safar «Sevilya» bilan yarim final yo‘llanmasi uchun kurash olib boradi.

Qolgan juftliklar quyidagicha ko‘rinish oldi.

«Liverpul» – «Borussiya»
«Atletik» – «Sevilya»
«Vilyarreal» – «Sparta»
«Braga» – «Shaxtyor»

Eslatib o‘tamiz, Yevropa ligasining 1/4 final uchrashuvlarining dastlabkisi 7 aprel, javob uchrashuvlari 14 aprel kuni bo‘lib o‘tadi.

Top