21:21 / 18.03.2016
1662

Facebook messenjerida yashirin o‘yin aniqlandi

Facebook ijtimoiy tarmog‘ining Messenger dasturida navbatdagi yashirilgan o‘yin topildi. Bu o‘yinda suhbatdosh bilan basketbol o‘ynasa bo‘ladi. Bu haqda The Verge nashri xabar bermoqda.

Dasturchilar basketbolni “mart telbaligi” – kollej o‘quvchilari o‘rtasidagi basketbol musobaqasi vaqtidagi voqea sharafiga “yashirdilar”.

Basketbolni boshlash uchun suhbatdoshlardan biridan basketbol to‘pi emodzisini (piktogramma ko‘rinishidagi surat) olish va uni bosish kerak bo‘ladi. O‘yin natijalari messenjerda akslanib turadi.

Bundan avval messenjerga shaxmat o‘yini yashirilgani ma'lum bo‘lgandi.

Top