11:39 / 18.03.2016
1411

OAV: Buyuk Britaniya Liviya qirg‘oqlariga o‘z kemalarini yuborishi mumkin

Buyuk Britaniya harbiy kemalari yaqin oylar ichida Liviya qirg‘oqlariga Yevropaga muhojirlarni o‘tkazuvchi noqonuniy tashuvchilar bilan kurashish uchun yuborilishi mumkin. Bu haqda Daily Telegraph nashri xabar bermoqda.

Nashrning Buyuk Britaniya hukumatidagi manbalari ma'lumotlariga ko‘ra, Britaniya bosh vaziri Devid Kemeron “Bryusseldagi sammitda o‘zining hamkasblarini Yevropa Ittifoqining O‘rtayer dengizidagi harbiy-dengiz kuchlari Liviyadan Yevropaga yuz minglab muhojirlarning kelishini to‘xtatish uchun o‘z missiyasini kengaytirishni istayotganidan xabardor qilgan”. Britaniya hukumatida ta'kidlanishicha, Liviya qirg‘oqlaridan bevosita bir necha kilometr uzoqlikda muhojirlarning Yevropaga o‘tkazilishini to‘xtatish uchun kema, vertolyot va boshqa texnik vositalar jalb qilinishi mo‘ljallanmoqda.

London 2015 yilda O‘rtayer dengiziga HMS Bulwark desant kemasini jo‘natgandi. Kema ekipaji 2,9 mingdan ko‘proq muhojirni dengizda g‘arq bo‘lishdan qutqarib qolgan. So‘ngra bu kema HMS Enterprise kemasi bilan almashtirilgan. Endi britaniyaliklar noqonuniy tashuvchilarning faoliyatini kuzatish va unga chek qo‘yish uchun Liviya yaqinida harakatlanishni rejalashtirishmoqda.

Top