12:33 / 18.03.2016
2043

OFK JCh–2018 hamda OK–2019 uchinchi saralash bosqichi uchun qur'a tashlash sanasini tasdiqladi

Osiyo futbol konfederatsiyasi Osiyo qit'asi jamoalarining JCh–2018 hamda OK–2019 musobaqalariga saralashning so‘nggi, uchinchi bosqichi uchun qur'a tashlash sanasini tasdiqladi. Bu haqda O‘zbekiston futbol federatsiyasi matbuot xizmati xabar bergan.

2016 yil, 7 aprel kuni OK–2019 so‘nggi saralash bosqichiga qur'a tashlanadi. Mazkur qur'ada JCh–2018 hamda OK–2019 ikkinchi saralash bosqichidan o‘ta olmagan 11 ta terma jamoa Osiyo Kubogi final bosqichiga yo‘llanma beruvchi so‘nggi saralash bosqichidagi raqiblari nomini bilib oladi.

Osiyo qit'asi ikkinchi saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan 12ta terma jamoa esa, shu yilning 12 aprel kuni Kuala-Lumpur shahridagi Mandarin Oriental mehmonxonasida bo‘lib o‘tadigan qur'adan so‘ng, JCh–2018 final bosqichiga yo‘llanma beruvchi so‘nggi saralash bosqichidagi raqiblari nomini bilib oladi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur saralash bosqichida 12ta terma jamoa 6tadan ikki guruhga bo‘lingan holda JCh–2018 final bosqichi yo‘llanmasi uchun kurashni davom ettiradi.

Osiyo futbol konfederatsiyasi, shuningdek, Bahraynda bo‘lib o‘tadigan U-19 yoshlar o‘rtasidagi Osiyo Chempionati final bosqichi uchun qur'a tashlash muddatini e'lon qildi. Unga ko‘ra, mazkur turnirga qur'a tashlash marosimi 2016 yil, 30 aprel kuni Bahrayn poytaxti Manama shahrida o‘tkaziladi.

Top