01:23 / 18.03.2016
1245

Oq uy Obama saylovoldi poygasida demokratlarni Klintonni qo‘llab-quvvatlashga chorlagani haqidagi xabarni inkor etdi

AQSh prezidenti Barak Obama o‘z partiyadoshlari bo‘lgan demokratlarni AQSh prezidenti lavozimiga saylovoldi poygasida Xillari Klinton nomzodini qo‘llab-quvvatlashga chorlamagan. Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Joshua Ernest jurnalistlar uchun muntazam beriladigan matbuot-anjumanida aytib o‘tdi.

Ernest shu tariqa The New York Times gazetasidagi Obama Xillari Klinton nomzodini qo‘llab-quvvatlashga chorlagani haqidagi maqolaga izoh berdi. Maqolada Obama Texas shtatidagi Ostin shahrida 11 martda jamoatchilik uchun yopiq bo‘lgan partiya jamg‘armasi uchun pul yig‘ish tadbirida homiylarni demokratlardan yana bir nomzod Berni Sandersni emas, balki Klintonni qo‘llab-quvvatlashga chorlagani yozilgan edi.

Top