12:47 / 18.03.2016
1446

Pokiston sobiq prezidenti davolanish uchun mamlakatni tark etdi

Pokiston sobiq rahbari Parvez Musharraf Dubayda sog‘ligini tiklash uchun mamlakatdan chiqib ketdi.

Pokiston sudi unga davolanish uchun xorijga chiqishga ruxsat berdi, deb xabar beradi “Interfaks”.

Musharrafning so‘zlariga ko‘ra, u sud oldida javob berish uchun vataniga “bir necha hafta yoki oydan so‘ng” qaytmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, Mufarraf hushini yo‘qotgach, kasalxonaga yotqizilgan edi.

Sud Pokiston sobiq prezidenti general Parvez Musharrafga davlatga xiyonat qilish rasmiy ayblovini e'lon qilgan. U Pokiston konstitutsiyasiga amal qilmaslikda va yuqori martabali sudyalarni noqonuniy ishdan bo‘shatishda ayblanmoqda.

Top