22:44 / 18.03.2016
1308

Ramzon Qodirov Instagram’da ingliz tilidagi akkauntini ochdi

Checheniston rahbari Ramzon Qodirov Instagram’da ingliz tilidagi yangi akkauntini ochdi. Bu haqda Checheniston hukumati saytida ma'lum qilindi.

“Qadrli do‘stlar, siz bilan xushxabar bilan bo‘lishmoqchiman. Mening ko‘p sondagi xorijiy do‘stlarim va obunachilarim iltimosiga ko‘ra, ular esa menda juda ko‘p, mening Instagram’dagi sahifamning ingliz tilidagi versiyasini ochishga qaror qildim. U bunday nomlanadi – @kadyrov_95eng. Kimga qiziq bo‘lsa, unga hoziroq obuna bo‘lishingiz mumkin”, deb yozdi Qodirov.

Ayni vaqtda akkauntga 5 mingga yaqin kishi obuna bo‘lgan.

Top