11:29 / 18.03.2016
1656

Yangi iPhone nomi aniq bo‘ldi

Xitoy ijtimoiy tarmog‘i Weibo (Twitter analogi)da 4 dyuymli iPhonening chakana o‘rami paydo bo‘ldi. Bu haqida 9to5mac nashri xabar berdi.

Fotosuratga ko‘ra, yangi iPhone Apple tomonidan «SE» nomini olishi qaror qilingan.

Avvalroq, yangi qurilmaning iPhone 5se va 6c nomlar bilan atalishi haqida xabarlar tarqalgan edi. Bundan tashqari, o‘ram ustidagi 16 GB markirovkasi Apple kompaniyasi tomonidan haliveri smartfonning bu rusumidan voz kechilmasligidan dalolat beradi.

Shuningdek, o‘ramda qurilma EarPods quloqchinlari bilan birga sotilishi haqida axborot bor va bu bilan qurilmada quloqchinlar uchun ulanish porti mavjud ekanligiga taxmin qilish mumkin. Qurilma Apple Pay mobil to‘lovlar tizimi ishlashi uchun NFC chipi bilan ham jihozlanadi.

iPhone SE Apple kompaniyasining 4-dyuymli smartfonlarining davomchisi hisoblanadi, lekin kuchliroq texnik xususiyatlarga ega bo‘ladi. Taxminiy ma'lumotlarga ko‘ra, smartfon kuchliroq A9 protsessori va 12 megapikselli kamera bilan qurollanadi.

Yangi iPhone SE`ni va iPad`ni Apple kompaniyasi 21 mart kuni taqdim etadi.

Top