19:18 / 19.03.2016
1336

Biatlon. Gabriela Soukalova Jahon Kubogida g‘olib chiqib, “Katta billur globus”ni qo‘lga kiritdi

Chexiyalik biatlonchi Gabriela Soukalova Rossiyaning Xanti-Mansiysk shahrida biatlon bo‘yicha jahon Kubogining 9-bosqichi doirasidagi ayollar o‘rtasidagi poygalardan biridan keyin muddatidan oldin Jahon Kubogida g‘olib bo‘ldi.

Garchi Soukalova Xanti-Mansiyskdagi ta'qib poygasida to‘rtinchi o‘rinni egallagan bo‘lsada, umumiy turnirda mutlaq yetakchilikni saqlab qolish uchun yetarli ball to‘pladi va unga “Katta billur globus” topshirildi.

U shu vaqtgacha 1106 ochko jamg‘argan va turnir jadvalidagi eng yaqin ta'qibchisi, fransiyalik Mari Doren Aber (1043) keyingi poygada qanday natija qayd etilishidan qat'i nazar endi uni quvib o‘ta olmaydi.

Italiya vakili Doroteya Virer uchinchi o‘rinni (965), finlyandiyalik biatlonchi Kaysa Myakyaryaynen – to‘rtinchi o‘rinni (905), germaniyalik Frantsiska Xildebrand – beshinchi (793), Germaniyaning yana bir vakili Laura Dalmayyer – 6-chi o‘rinni (786) egallab turibdi.

Ma'lumot uchun, Soukalova mavsumda 4 marta oltin medal oldi (Estersundda sprintda, Rupoldingda mass-startda, Presk-Aylda sprint va ta'qib etish poygasida) 11 marta podiumga ko‘tarildi.

O‘tgan mavsumda g‘oliblikni belaruslik Darya Domracheva qo‘lga kiritgandi. Bu mavsumda u jarohat tufayli ishtirok etmadi.

Chexiyalik biatlonchi AQShdagi jahon kubogi o‘tkazilayotgan Presk-Ayl hududidagi qoniqarsiz sharoitlardan nolidi

Top