11:32 / 19.03.2016
1254

Ispaniya va Ukraina Rostovdagi Boeing halokati natijasida o‘z fuqarolari halok bo‘lganini tasdiqladi

Ukraina TIV Rostov-Donda qulab tushgan Boeing yo‘lovchi samolyotida 3 nafar ukrainalik bo‘lgani haqidagi ma'lumotni tasdiqladi. Bu haqda RIA Novosti xabar tarqatgan.

Bundan tashqari, Ispaniyaning Rostov-Dondagi vakolatxonasi ham bu aviahalokat tufayli bir ispaniyalik halok bo‘lganini tasdiqlagan.

"Bizning ma'lumotlarga ko‘ra, qurbonlar orasida Ispaniya fuqarosi ham bor", deydi konsulxona vakili Sputnik nashriga.

Eslatib o‘tamiz, 19 mart, shanba kuni FlyDubai aviakompaniyasiga tegishli Boeing 737-800 layneri Rossiyaning Rostov-Don shahri aeroportiga qo‘nish vaqtida halokatga uchradi. Hodisa oqibatida 62 kishi — 55 yo‘lovchi va ekipajning 7 a'zosi halok bo‘lgan.

Top