15:02 / 20.03.2016
1414

Aviahalokatga uchragan Boeing laynerining “qora quti”sini rasshifrovka qilish 21 martda boshlanadi

Rostov-Donda aviahalokatga uchragan Boeing samolyotining “qora quti”sini rasshifrovka qilish ishlari 21 mart kunidan boshlanadi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti”.

“Ishlar ertaga boshlanadi. Unda avikompaniya egasi sifatida Birlashgan Arab Amirliklari, samolyot ishlab chiqaruvchi sifatida AQSh hamda samolyotning dvigatelini ishlab chiqargan Fransiya vakillari va mutaxassislari ishtirok etadi”, — deyiladi Davlatlararo aviatsiya qo‘mitasi bergan ma'lumotda.

Xabar berilishicha qo‘mita ushbu ishga qiziqish bildirayotgan barcha mamlakatlar vakillarini tekshiruv ishiga taklif qilgan.

Top