01:59 / 20.03.2016
1386

Ispaniya Primerasi, 30-tur: “Atletiko” 10 daqiqa ichida ikkita to‘p o‘tkazib, “Sporting”ga yutqazdi va turning qolgan natijalari

Ispaniya Primerasining 30-turida Madridning “Atletiko” klubi Xixonda mahalliy “Sporting”dan kutilmaganda mag‘lubiyatga uchradi. Uchrashuvning 29-daqiqasida “matraschilar” Antuan Grizmanning goli evaziga hisobda oldinga chiqib oldilar, biroq o‘yin tugashiga sanoqli daqiqalar qolganda, 10 daqiqa ichida 2 ta to‘p o‘tkazib mag‘lubiyatga uchradilar: 79-daqiqada Arnaldo Antonio Sanabriya hisobni tenglashtirdi, 89-daqiqada esa Karlos Kastro g‘alaba to‘pini kiritdi.

8 turdan beri g‘alaba nimaligini bilmayotgan va oxirgi 4 o‘yinni yutqazgan “Sporting” nihoyat g‘alabaga erishib, 27 ochko to‘plab jadvalning oxirgi qatorini tark etdi va 19-o‘ringa ko‘tarilib oldi. “Atletiko” esa 67 ochko bilan 2-o‘rinni egallamoqda. Endi chempionat yetakchisi “Barselona” (75 ochko) “Atletiko”dan yanada o‘zib ketishi, 3-o‘rinda ketayotgan “Real” (63 ochko) esa oradagi farqni minimal ko‘rinishga keltirishi mumkin.

Ispaniya Primerasi, 30- tur
Sporting Xixon – Atletiko M – 2:1
Gollar: Grizmann, 29 (0:1); Sanabriya, 79 (1:1); Kastro, 89 (2:1).

 

Turning qolgan uchrashuvlari quyidagicha yakunlandi:

Real Sosedad – Las-Palmas – 0:1
Gollar: Joze, 39 (0:1).
Amalga oshirilmagan penalti: Viyera, 13 (Las-Palmas).

Xetafe – Eybar – 1:1
Gollar: Velaskes, 7 (1:0); Gonsales, 87 (1:1).

Granada – Rayo Valekano – 2:2
Gollar: El-Arabi, 11 (1:0); Ernandes, 45+2 (1:1); El-Arabi, 54, pen. (2:1); Kashtru, 87 (2:2).

Top