23:21 / 20.03.2016
1468

Rostov-Donda aviahalokat qurbonlariga yodgorlik o‘rnatishga qaror qilindi

Rostov-Don shahrida 19 martda halokatga uchragan Boeing 737-800 samolyoti qurbonlariga yodgorlik o‘rnatilishi mumkin. Bu haqda shahar ma'muriyatida 20 martda o‘tgan yig‘ilishda aytildi.

Shahar ma'muriyati boshlig‘i Sergey Gorban fojia qurbonlari xotirasiga yodgorlik o‘rnatilishi bo‘yicha taklifni tayyorlashni buyurdi.

Dubaydan Rostov-Donga parvoz qilayotgan samolyot aeroportga qo‘nmoqchi bo‘lganda murakkab ob-havo sharoitida falokatga uchradi. Samolyot 900 metr balandlikdan qulagan. Samolyotdagi barcha 62 kishi halok bo‘lgan.

Voqea tavsilotlari aniqlashtirilmoqda. 20 martda fojia joyida o‘tkazilgan qidiruv ishlari yakunlandi, halok bo‘lganlar jasadlari o‘likxonaga yetkazilgan. Voqea joyida 183 ta tana bo‘laklari aniqlangan.

Top