11:32 / 20.03.2016
1806

Rostov-Donda qulagan samolyot uchuvchilarining dispetcherlar bilan suhbati chop etildi

Rostov-Donda falokatga uchragan Boeing samolyoti uchuvchilari bilan aeroport dispetcherlari o‘rtasidagi suhbat audioyozuvi “Parvozlar xavfsizligi” xalqaro maslahat-tahliliy agentligi saytida chop etildi.

Audioyozuvga ko‘ra, suhbat ishchi tartibda ketgan, ekipaj samolyotda biror nuqson borligi haqida hech narsa demagan.

Samolyot uchuvchisi ob-havo sharoitlari haqida so‘raganda dispetcher ekipajni kuchli shamol, ko‘rish uzoqligi 6 km ni tashkil qilishi, jala yog‘ayotgani va kuchli turbulentlikdan ogohlantirgan.

Biroq shunga qaramay dispetcher shamol surilishi haqida ogohlantirishlar bo‘lmaganini qo‘shimcha qilgan. “Oynaga qaraganingizda, ser, ob-havo avvalgidan ancha yaxshiroq ko‘rinadi”, deb aytadi uchuvchi shundan so‘ng.

Suhbat uchuvchi ikkinchi davraga ketishini aytishi bilan tugaydi: “Ikkinchi davraga ketayapman, Sky Dubai 981”, deb aytadi uchuvchi.

Shundan keyin dispetcher uchuvchiga samolyotni qo‘ndirishga ikkinchi urinish uchun bir nechta ko‘rsatmalar beradi va shundan keyin yozuv tugaydi.

Avvalroq FlyDubai ijrochi direktori Gayt al-Gayt samolyot uchuvchisi falokat signalini yubormaganini ma'lum qilgandi.

Top